Asosiy mazmunga oʻtish
opera akademiyasionlayn taʼlim platformasi

Opera Akademiyasi

Biz haqimizda

«Opera sanʼati» ijodiy birlashmasining opera va akademik vokalni oʻrganmoqchi boʻlgan har bir kishi uchun ochiq onlayn taʼlim platformasi.

Platforma nima uchun yaratilgan

Opera Akademiyasi ustozlarning mahoratini respublikaning barcha hududlaridagi yoshlarga yetkazish uchun yaratilgan. Darslarni istalgan joyda, oʻz surʼatingizda koʻrishingiz mumkin.

  • Akademik vokal va opera sanʼati boʻyicha sifatli video darslarni bepul taqdim etish
  • Chekka hududlardagi iqtidorli yoshlarga ham professional ustozlardan oʻrganish imkonini berish
  • Har bir oʻquvchining natijasini saqlab borish va izchil oʻqishga koʻmaklashish
  • Darslarni oʻzbek va rus tillarida taqdim etish

«Opera sanʼati» ijodiy birlashmasi

Opera xonandalari, dirijyorlar, rejissyorlar, librettonavislar, orkestr sozandalari, yosh ijrochilar va sohaning boshqa vakillarini birlashtiruvchi, jamoat birlashmasi shaklidagi nodavlat notijorat tashkilot. Butun respublika hududida faoliyat yuritadi.

Asosiy maqsad
Soha vakillarini ijtimoiy himoya qilish, qoʻllab-quvvatlash va ragʻbatlantirish, yangi isteʼdodlarni kashf etish, milliy madaniyatimizni targʻib qilish va uni asrab-avaylash.
Davlat roʻyxatidan oʻtgan
2026-yil 18-iyun, Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi
Manzil
Toshkent shahri, Yunusobod tumani, Amir Temur koʻchasi, 62-uy
Birlashmaning rasmiy sayti

Nizomdan

Birlashmaning asosiy vazifalari

  1. Milliy maqom anʼanalari (Shashmaqom) va Yevropa opera sanʼatini uygʻunlashtirgan «Maqom Opera» yangi janrini yaratish va uni xalqaro maydonda ilgari surish
  2. Opera ijodkorlarining jamiyatdagi mavqeini koʻtarish, ularni moddiy va maʼnaviy ragʻbatlantirish
  3. Respublikaning barcha hududlaridan, ayniqsa chekka tumanlardan iqtidorli yosh operachilarni izlab topish va kasbiy yoʻnaltirish
  4. Faxriy sanʼatkorlar va professor-oʻqituvchilarning mahoratini yosh avlodga yetkazish uchun mahorat darslari tashkil etish
  5. Oʻzbek opera sanʼatini nufuzli xalqaro festivallar, tanlovlar va madaniy dasturlarda namoyish etish
  6. «Mahalla — tuman — viloyat — respublika» zanjiri asosida koʻrik-tanlovlar va festivallar oʻtkazish